CAFA musobaqasini Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaymiz

CHERY AUTO

Yana bir haftadan so‘ng, Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida ayollar futzali bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyalari — CAFA turniri start oladi. 

Tecno

Unda Eron, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Turkmaniston ayollar futzal terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Ushbu musobaqaga qur’a tashlandi va Farruh Zokirov boshchiligidagi terma jamoamiz turnirni Eronga qarshi o‘yin bilan boshlaydigan bo‘ldi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish oldi:

9 fevral, yakshanba
Turkmaniston - Qirg‘iz Respublikasi
O‘zbekiston – Eron

10 fevral, dushanba
Turkmaniston – O‘zbekiston
Qirg‘iz Respublikasi - Tojikiston

12 fevral, chorshanba
Eron - Qirg‘iz Respublikasi
Tojikiston - Turkmaniston

14 fevral, juma
Eron - Turkmaniston
O‘zbekiston – Tojikiston

16 fevral, yakshanba
Qirg‘iz Respublikasi - O‘zbekiston
Tojikiston - Eron

To‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqaga 2022, 2024 yillari Tojikiston, 2023 yilda esa O‘zbekiston mezbonlik qilgan. Eron barcha mavsumlarning g‘olibi hisoblansa, hamyurtlarimiz uchalasida ham kumush medallarni qo‘lga kiritishgan. Qirg‘iz Respublikasi vakillari ikki marotaba, tojikistonliklar esa bir marta bronza medali bilan taqdirlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!