
“Buyuk ipak yo‘li” turniri. Bugun 11 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha an’anaviy "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada terma jamoamiz ham ikki tarkibda ishtirok etyapti. Bugundan chorak final bahslari start oladi.
Quyida kun doirasida ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz bilan tanishing.
-57 kg: Nodirbek Allaberganov - Erbolat Sabir (Qozog‘iston);
-57 kg: Sobirjon Tastanov - Erxan Turdan (Qozog‘iston);
-60 kg: Jamshidxo‘ja Saparxo‘jaev - Mahammadali Gasimzada (Ozarbayjon);
-60 kg: Samandar Olimov - Vsevolod Shumkov (Rossiya);
-71 kg: Sardor Abdumutaliev - Nijat Hasanov (Ozarbayjon);
-71 kg: Bekzod Hamidov - Murodjon Ashuraliev (Tojikiston);
-71 kg: Shavkatjon Boltaev - Igor Sviridchenkov (Rossiya);
-92 kg: Shaxzod Polvonov - Ramazan Dadaev (Rossiya);
-48 kg: Jasmin Tohirova - Roksana Gassimova (Qozog‘iston);
-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Lia Patlai (Rossiya);
-54 kg: Saidaxon Rahmonova - Daria Panteleeva (Rossiya).
Janglar Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar