
"Buxoro" rasman ikkita o‘yinchi bilan kelishuvga erishdi
Pro ligada etakchi bo‘lib turgan “Buxoro” klubi yozgi selektsiya chog‘ida tarkibini yana ikki nafar futbolchi bilan boyitgani ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, “Lokomotiv”dan yarim himoyachi Izzatilla Abdullaev hamda “Andijon” klubidan yarim himoyachi Suhrob Berdiev rasman ikkinchi davrani “Buxoro” jamoasida davom ettiradilar.
Ular yaqinda jamoa yig‘iniga qo‘shilishgandi va endilikda “Buxoro” ushbu o‘yinchilar rasman jamoa a’zosiga aylanishganini e’lon qildi.
Fikrlar