"Buxoro" murabbiyi: Gol bo‘lmagan bo‘lsada, muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi

  • 20 may, 2019, 02:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bo‘lib o‘tgan “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Mirislom Hasanov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun ikki jamoa ham yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Sababi har ikkala jamoa ham – “Dinamo” ham, biz ham faqat g‘alabani ko‘zlagan holda maydonga chiqqan edik. O‘ylashimcha, o‘yin davomida bizda ko‘proq golli vaziyatlar yuzaga kelgan edi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. O‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Sababi ikki jamoa ham gol urilmagan bo‘lsa-da, muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatib berishdi. Endi keyingi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, faqat g‘alaba qozonishga intilamiz", - deydi Hasanov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!