"Buxoro" jahon chempionatida o‘ynagan futbolchilarga jiddiy qiziqyapti

  • 3 iyul, 2023, 11:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davrani o‘z imkoniyati darajasida o‘tkaza olmagan “Buxoro” ikkinchi davraga boshqacha tayyorgarlik ko‘rishi kutilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev tarkibni keskin kuchaytirish payida yuribdi. Buning uchun u bir qator sobiq futbolchilarini ham “Buxoro”da ko‘rmoqchi.

Tecno

Shu sababli yozgi selektsiyada buxoroliklar faollik ko‘rsatadi. Chunki birinchi davra tugamasidanoq klubni bir qator o‘yinchilar tark etgani xususida ilgari saytimiz orqali xabar berib o‘tgandik.

Shuningdek, Ulug‘bek Baqoev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan va Argentinadagi jahon chempionatida to‘p surgan o‘yinchilardan bir nechtasini ham “Buxoro”ga olib kelmoqchi.

Transfer oynasi ochilgan mahalda tajribali o‘yinchilar bilan birga aynan terma jamoa sharafini himoya iqtidorli yoshlar ham jalb etilishi kutilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!