
"Buxoro" ertaga "Mash’al"ga qarshi nazorat uchrashuvda maydonga tushadi
Superligada yuzaga kelgan tanaffus sababli "Buxoro" jamoasi ertaga navbatdagi nazorat uchrashuvda maydonga tushadi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa yana "Mash’al"ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur uchrashuv 23 mart soat 17-00 da Bahrom Vafoev nomli kichik o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, bu jamoalar 15 mart kuni ham o‘zaro o‘ynagan edi. O‘shanda Pro-liga a’zosi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar