
"Buxoro" Antaliyadagi ilk o‘rtoqlik o‘yinida yutqazdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan "Buxoro" bugun dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Qozog‘istonning "Turon" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda "Buxoro" 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.
"Buxoro"ning asosiy tarkibi: Shirinboy Abdullaev, Frane Ikich, Marko Kolakovich, Iosip Tomashovich, Izzatillo Po‘latov, Muhammad-Safo Fozilov, Frane Chiryak, Bilol Tupliev, Milan Mirosavlev, Dominik Begich, Shoxruz Norxonov.
Fikrlar