Busketsdan so‘ng "Barsa"ning sardori kim bo‘ladi?

  • 10 may, 2023, 19:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski va Ronald Arauxo "Barselona"ning yangi sardori bo‘lishi mumkin.

Tecno

Mavsum yakunida yarim himoyachi Serxio Buskets "Barsa"ni tark etgach, himoyachi Serxio Roberto kataloniyaliklarning birinchi sardoriga aylanadi.

Bu mavsumda "ko‘k-anorranglilar" sardorlari Buskets va Robertodan tashqari Xordi Alba va Mark-Andre ter Shtegen edi.

Albaning klubdagi kelajagi hali ham noaniq, ammo u "blaugrana"da o‘ynashda davom etsa ham, jamoa to‘rtinchi sardorni tanlashi kerak bo‘ladi.

"As" nashri xabariga ko‘ra, bu rolga ikki futbolchi da’vo qilmoqda. Bular hujumchi Robert Levandovski va himoyachi Ronald Arauxo. Polshalik ham, urugvaylik ham murabbiy Xavi tomonidan to‘rt nafar sardorga qo‘shilish uchun ma’qullangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!