
Buskets yana Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
Yarim himoyachi Serxio Buskets Amerikaning “Inter Mayami” klubi bilan muzokaralar olib boryapti.
"ESPN" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi allaqachon MLS klubi rahbariyati bilan uchrashgan, shuningdek, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” va “Al-Hilol” vakillari bilan ham gaplashgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli futbolchi 2022/23 yilgi mavsum oxirida Kataloniya klubi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganidan so‘ng "Barselona"ni tark etishini ma’lum qilgan edi.
"Ko‘k-anorranglilar" tarkibida Serxio uch marta Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi va to‘qqiz marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar