"Bunyodkor"da ko‘rikdan o‘tayotgan qirg‘izistonlik futbolchi: Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti

  • 25 yanvar, 2021, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda "Bunyodkor" safida qirg‘izistonlik futbolchi Odiljon Abdurahmonov ko‘rikdan o‘tmoqda. Klub matbuot xizmati yarim himoyachi bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.

Tecno

- «Navbahor farm»ga qarshi o‘yinda nafaqat raqib, balki maydonga qarshi ham kurashdik, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, biz Toshkentda ham, Farg‘onaga kelganda ham sun’iy qoplamali maydonda mashg‘ulot o‘tkazayotgandik. Shuning uchun maydonga moslashish ancha qiyin kechdi. Men raqibni mensimay o‘ynadik, demagan bo‘lardim. Shaxsan o‘zim bu haqda umuman o‘ylaganim yo‘q. Chunki men «Navbahor farm» qay darajadagi jamoaligini bilmayman. Shu bois uchrashuvda borimni berib harakat qildim. G‘alaba qozona olmaganimizning yana bir sababi, biz futbolchilar hali bir-birimizni to‘liq tushuna olmaganimiz bo‘lsa kerak. Boisi, tarkibda yangi o‘yinchilar bor. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda vaziyatni o‘nglaymiz.

Shu kunga qadar, «Bunyodkor» safida o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushayotgandim. «Hokim kubogi» orqali qaysidir ma’noda rasmiy debyutimni nishonladim, deyishim mumkin. Faoliyatim davomida bu kabi turnirlarda o‘ynamagandim. Faoliyatimda yangi sahifa ochilyapti, deya olaman. «Bunyodkor»da meni iliq qabul qilishdi. Boshida biroz qiynaldim, ammo hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Jamoaga to‘liq moslashdim, desam bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!