
"Bunyodkor" Turkiyada 5 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazadi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni poytaxtimizda davom ettirayotgan “Bunyodkor” Turkiyada yig‘in o‘tkazadi.
Avval xabar berilganidek, yangi mavsumga tayyorgarlikning bir qismidan xorij yig‘ini ham o‘rin olgan.
Xususan, “qaldirg‘ochlar” 5-20 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida ikki haftalik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Jamoamiz 5 fevral kuni erta tongda charter-reys bilan Antaliyaga uchib ketadi. Shu kunning o‘zidayoq birinchi mashg‘ulot o‘tkaziladi. Yig‘in doirasida beshta nazorat o‘yinida maydonga tushadi. O‘rtoqlik uchrashuvlarining sanasi ma’lum – 8-11-14-17-19 fevral. Raqiblar to‘g‘risida keyinroq ma’lumot beramiz.
“Bunyodkor” matbuot xizmati.
Fikrlar