
"Bunyodkor" Toshkentda "Buxoro" bilan durang o‘ynadi
Toshkentdagi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida "Bunyodkor" hamda "Buxoro" jamoalari o‘rtasida nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar nursiz 0:0 hisobida durangga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, "Buxoro" yangi mavsumni Superligada boshlaydi. Klub o‘tgan yili Pro-ligada 2-o‘rinni egallagandi.
2 kun avval Hakim Fuzaylov shogirdlari "Paxtakor-79" jamoasini yirik 4:0 hisobida taslim etgandi.
Fikrlar