"Bunyodkor" Qarshidagi yirik hisobdagi mag‘lubiyat alamini AGMKdan olishga qurbi etadimi?

  • 2 oktabr, 2021, 10:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 21-turi doirasida AGMK Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Olmaliqliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Bo‘lajak o‘yin ushbu jamoalarning o‘zaro barcha musobaqalardagi umumiy hisobda 35-uchrashuviga aylanadi. "Bunyodkor" va AGMK qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, o‘tkazilgan o‘yinlarda 9 marotaba Toshkent viloyati jamoasi g‘alabani tantana qilgan, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar farqi ham "qaldirg‘ochlar" foydasig‘a: 64-41.

Ayni paytda jamoalar turnir jadvalida turlicha joylashishgan. AGMK 36 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, "Bunyodkor" 32 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onada bormoqda.

Ushbu jamoalarning joriy mavsum birinchi davrasidagi o‘yinida AGMK ishonchli tarzda g‘alaba qozongandi. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramasdan AGMK 1:0 hisobida ortda borayotgan o‘yinida "kambek" amalga oshirib, yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi.

Bo‘lajak uchrashuv 2 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Bahsni Elyor Tursunov boshqarib boradi. Shuningdek, uchrashuvda VAR tizimidan foydalaniladi va unga mas’ul etib Aziz Asimov tayinlangan.

Superliga, 21-tur.

2 oktyabr, shanba.

"Bunyodkor" – AGMK (18:00)

Toshkent, "Bunyodkor" stadioni.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Olim Abduvosilov, Jahongir Saidov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistent: Kristina Sereda

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jamshid Imamov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/10/2021 12:41
Bunyotkor uyin taraflama kuchli lekin. zur uyin bulishi aniq.Bunyotkor yutsa. 3 urun uchun shans bularkan. hali Sugdiyona AGMK Nasaf quyin uyinlar bor oldinga.