"Bunyodkor" keyingi mavsumni qaysi stadionda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

  • 21 dekabr, 2024, 15:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" 2025-yilgi mavsumni o‘z maydonida boshlaydi.

11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bunyodkor stadioni noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin yopilishi va uning maysasini kelasi mavsumga tayyorlash ustida ish olib borilishi rejalashtirilgani ma’lum qilingandi.

Shunga qaramay, "Bunyodkor" Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Paxtakor"ga qarshi uy uchrashuvini 30 noyabr kuni o‘z maydonida o‘tkazishga qaror qildi. Bu vaqtga kelib havo harorati pasaydi hamda maydon chimini yaxshilash ishlarini amalga oshirish kechikdi.

Tecno

Bunyodkor stadioni 2025 yilgi mavsum startiga tayyor bo‘ladi. Biroq, o‘tgan mavsumlarda bo‘lgani kabi avgust hamda sentyabrning birinchi yarmida maydon chimi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi katta ehtimol. Liga bilan hamkorlik qilayotgan mutaxassislar buning oqibatlarini maksimal darajada yumshatish ustida ish olib boradi.

Liga yo‘riqnomalariga ko‘ra, Superliga klubi 25 dekabrga qadar o‘z stadionini ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Superliga klublari orasida "Bunyodkor" bu ishni birinchi bo‘lib amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!