"Bunyodkor" Dubaydagi so‘nggi nazorat o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

  • 24 yanvar, 2023, 19:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda. 

Tecno

Toshkentliklar bugun so‘nggi nazorat o‘yinida Rossiyaning “Krasnodar” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ikki xil ko‘rinish olgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. Birinchi bo‘limning 14-daqiqasida raqib penaltidan hisobni ochdi.

24 yanvar. Dubay. “The Sevens” stadioni.
Bosh hakam: Dushan Dmitrievich.
“Bunyodkor”: Islomjon Asrolov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Akbarjon Ismatullaev (Abdulloh Omonaliev), Igor Ivanovich (Farhod O‘tkirov), Jasur Yoqubov, Usmonali Ismonaliev (Jasur Hakimov), Muzaffar Olimjonov (Muhammadodil Qahramonov), Ollobergan Karimov (Muhammad Safo Fozilov; Rasul Yo‘ldoshev), Suhrob Izzatov (Muhammad Ayyub Omonov), Diyorbek Jaloliddinov (Narimon Ahmadjonov).
“Krasnodar”: Matvey Safonov, Junior Alonso, Kristian Ramirez, Don Kordoba, Eduard Spertsyan, Aleksey Ionov, Mixaylo Banyats, Kevin Lenini, Olakunle Olusegun, Sergey Volkov, Vyacheslav Litvinov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!