Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 23 iyun, 2022, 14:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Leyptsig" futbolchisi Kristofer Nkunku jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Tecno

Yangi kelishuvga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi 2026 yilga qadar "qizil buqalar" a’zosi sifatida to‘p tepishi mumkin. Avvalroq, frantsuzga "Real", PSJ va "Liverpul" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Nkunku o‘tgan mavsum Bundesliganing 33 o‘yinida 20 gol va 14 assist qayd etgan. Ushbu natijalari sabab u Germaniya chempionati 2021/2022 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida g‘olib, deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!