Bundesliga. 5-turning ilk o‘yinida "Bavariya" "Verder"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Bugundan boshlab Bundesliganing 5-turi ham start oldi. Turning ilk bellashuvida Kompani boshqaruvidagi "Bavariya" o‘z uyida "Verder"ni qabul qilib, yirik 4:0 hisobida taslim etdi.
To‘qnashuvning 22-daqiqasida yozgi transferlar oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan Jonatan Taa hisobni ochdi. 45 va 65-daqiqalarda esa Xarri Keyn gol urib, dublni rasmiylashtirdi va "Bavariya"dagi gollari sonini 100 taga etkazib oldi. Bundan tashqari, o‘yinning 87-daqiqasida Laymer hisobni yanada yiriklashtirishga muvaffaq bo‘ldi (4:0).
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Bavariya
- Jonathan Tah 22'
- Harry Kane 45'
- Harry Kane 65'
- Konrad Laimer 87'
Tugadi
4
:
0
26.09.2025 23:30



Fikrlar