
Bunaqasi MYu tarixida bo‘lmagan edi!
Angliya premer-ligasining birinchi turida “Manchester Yunayted” o‘z madonida “Lids”ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Umuman olganda, Angliya chempionatida manchesterliklar tarkibida bir uchrashuvda uchta, to‘rtta, hatto beshta gol urgan futbolchilar bo‘lgan. Lekin buni qarangki, bu jamoaning biror futbolchisi premer-liga bahslarida jamoadoshlariga to‘rtta golli pas bermagan ekan.
Bu vazifasi birinchi bo‘lib, Pol Pogba uddaladi. “Lids”ga qarshi 75-daqiqa o‘ynagan frantsiyalik yarim himoyachi Brunu Fernandeshga ikkita, Meyson Grinvud va Fredga bittagan golli pas uzatdi. Bu “Manchester Yunayted”ning tarixiy natija sifatida qayd etildi.
Uchrashuv mezbonlarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar