
Bunaqasi bo‘lmagan! "Barselona" futbolchisi muzlatgichni tepib, jarohat oldi
"Barselona" vingeri Rafinya Evropa ligasi 1/16 final "Manchester Yunayted"ga qarshi birinchi o‘yinda almashtirilganidan norozi bo‘ldi. Uning o‘rniga Ferran Torres o‘yinga qo‘shildi.
Maydonni tark etgach, braziliyalik futbolchi jahl bilan mini muzlatgichni tepdi. "Mundo Deportivo" nashriga malum bo‘lishicha, shu sabab Rafinya jarohat olgan.
Shu sababdan u La Liganing 22-turidan o‘rin olgan "Kadis"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga kiritilmadi. Shu bilan birga o‘sha o‘yinda vinger zaxiradan maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli vinger 2022/2023 yilgi mavsumda "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar