
Bularni “Manchester Yunayted” to‘xtatishi kerak
Evropa Ligasi chorak finalida “Vulverxempton” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozongan “Sevilya” mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini davom ettirmoqda.
Xulen Lopetegi shogirdlarini 19 ta uchrashuvdan buyon to‘xtata oladigan jamoa topilmayapti. Hozircha, bu natija klub uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
“Sevilya” oxirgi marotaba 9 fevral kuni La Liganing 23-tur uchrashuvida “Selta”ga 1:2 hisobida engilgan edi.
Endi ispan klubi Evropa Ligasining yarim final uchrashuvida “Manchester Yunayted” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 16 avgust kuni Kyoln shahrida bo‘ladi.
Fikrlar