Bugundan Superliga yangi mavsumi start oladi: Ilk kundan super to‘qnashuv!

  • 7 mart, 00:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun yurtimizda katta futbol karvoni yo‘lga chiqadi. Bugun, ya’ni 7 mart sanasida Superliganing yangi 2025 yilgi mavsumiga start beriladi.

Tecno

Bugun muxlislar OKMK – "Buxoro" bahsiga guvoh bo‘lishadi. Aslida "Paxtakor" – "Mash’al" uchrashuvi ham bugun bo‘lib o‘tishi lozim edi. Ammo, "sherlar"ni Elit Chempionlar ligasi doirasidagi "Al-Hilol"ga qarshi javob uchrashuvi kutib turibdi va shu sabab PFL ushbu bahsni boshqa kunga qoldirdi.

Endi futbol ishqibozlari soat 19:30dan boshlab "Futbol TV" telekanalida OKMK  – "Buxoro" uchrashuvini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing amaldagi g‘olibi "Nasaf" hisoblanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
07/03/2025 11:01
Нимаси супер буни, хайронсан. Пахтакор, Насаф, Навбахор, Нефчи, ОКМК, Сугдиёни бир бири билан уйнаса сал кескинрок тукнашув деса булади, суппери Насаф-Навбахор, Пахтакор-Нефтчи, Нефтчи-навбахор ва хокозолар.
&
Rustam Ro‘ziyev
07/03/2025 01:07
ОКМК-Бухоро супер тўқнашув? Ҳазилниям эшвордиларинг. ОКМК яққол фаворит жамоа.