Bugun taekvondochilarimizning Rim Gran-prisidagi ishtiroki boshlanadi

CHERY AUTO

Bugun Italiyaning Rim shahrida taekvondo bo‘yicha mavsumning birinchi Gran-prisi start oladi. Ushbu statusdagi musobaqa yil davomida 3 bor va yil oxirida eng sara taekvondochilar o‘rtasida yakuniy Gran-pri tarzida o‘tkaziladi.

Tecno

Rimdagi turnirda 5 nafar taekvondochimiz bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kun dasturida esa ayollar o‘rtasida -67 kilogarmm vazn toifasida Nigora Tursunqulova dayanga chiqadi. Hamyurtimizning dastlabki davradagi raqibasi ukrainalik Tatyana Teterevyatnikova bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Gran-pri musobaqasi Tokio Olimpiadasiga litsenzion ochko taqdim etuvchi turnirlar sarasiga kirib, unda reytingdagi eng kuchli 32 sportchilargina ishtirok eta olishi mumkin. Musobaqa g‘olibi Olimpiada reytingi uchun 40 ochkoga ega bo‘ladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!