Bugun Shomurodov - Ronaldu dueli bo‘lib o‘tishi mumkin

  • 11 aprel, 2021, 09:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun kuchli beshlik chempionatlarida tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi 30-turdan o‘rin olgan bahsni Turinda o‘tkazadi.

Tecno

Amaldagi chempion "Yuventus" bu safar Ballardini shogirdlariga qarshi maydonga tushadi. Kecha mazkur bellashuv uchun mehmonlarning qaydnomasi e’lon qilingandi. Hamyurtimiz ushbu o‘yinda harakat qilish imkoniyatiga ega. Ammo raqobatda ustun kelish oson bo‘lmasligi tayin.

Tomonlarning so‘nggi 5 to‘qnashuviga e’tibor bersak, turinliklarning katta ustunligiga guvoh bo‘lamiz. Barcha musobaqalarda 4 o‘yinda "keksa senora"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, genuyaliklar bir marta zafar quchgan.

So‘nng bahs A Seriya 11-turiga to‘g‘ri keladi va unda "Yuve" Ronalduning dubli evaziga g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirgan. Eslatib o‘tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!