
Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Evropa vakili bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Bugun O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi belaruslik futzalchilarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma to‘liq oq rangda maydonga tushadi, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Bunga qadar O‘zbekiston hamda Belarus o‘zaro 4 marotaba to‘qnash kelgan. Ularning bittasida evropaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa (4:2), ikki bora vakillarimiz zafar quchgan (1:2, 3:5). Bir uchrashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan (1:1).
Ma’lumot uchun, o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi.
Fikrlar