
Bugun O‘zbekiston kubogi va Liga kubogi yarim final bosqichi uchun qur’a tashlanadi
Xabaringiz bor, 14 avgust kuni O‘zbekiston liga kubogida, 21-22 avgust kunlari esa O‘zbekiston kubogida 1/4 final bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi va yarim finalchilar aniqlandi.
Bugun har ikki musobaqaning yarim final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim soat 15:30 dan boshlab «Sport» telekanali orqali jonli tarzda namoyish etiladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov ishtirok etishi kutilmoqda.
Fikrlar