
Bugun MYuning 6 nafar futbolchisi "Barselona"ga qarshi o‘ynamasligi mumkin
Xabaringiz bor bugun "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi chorak final dastlabki bahsi doirasida o‘z maydonida "Barselona"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
“Qizil iblislar” bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning so‘zlariga ko‘ra Luis Antonio Valensiya, Erik Bayi va Aleksis Sancheslar ushbu bahsni aniq o‘tkazib yuborishadi. Nemanya Matich, Ander Errera va Markus Reshfordlarning esa ushbu uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" - "Barselona" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar