
Bugun Falastinga qarshi o‘ynaymiz!
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida Toshkentda Falastin terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu bellashuv poytaxtimizdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 17:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston 6 ochko bilan guruhda 2-o‘rinda, Falastin esa 4 ochko to‘plagan holda 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar
Хурматли УФФ сизлар хам балки фудболчиларга кандайдир рагбатлантиришми пулми машинами таклиф килийла шундагина жч га чикиб коламиз.