
Bugun Evropa Ligasida finalchilar aniqlanadi
Bugun Evropa Ligasi yarim final javob bahslari bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinlarda turlicha hisoblar qayd etilgani bois bizni ikki xil bellashuv kutib turibdi.
"Roma" deyarli umidsiz ravishda "Manchester Yunayted"ni mehmon qiladi. Ilk qarama-qarshilikda manchesterliklar 6:2 hisobida zafar quchgandi.
Ikkinchi juftlikda intriga to‘liqligicha saqlanib turibdi. "Arsenal" birinchi o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat uchun "Vilyarreal"dan o‘z uyida o‘ch olishi mumkin.
Ikkala bellashuv ham Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Fikrlar