
Bugun Evropa Ligasi final o‘yini bo‘lib o‘tadi!
Bugun joriy mavsumning so‘nggi o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi.
Evropa Ligasi final uchrashuvida Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushadi. Polshadagi "Gdansk" stadionila bo‘lib o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.
"Sariq suvosti kemasi" hal qiluvchi bellashuvga qadar "RB Zaltsburg", "Dinamo" Kiev, "Dinamo" Zagreb, hamda "Arsenal" ustidan g‘alaba qozongan. MYu esa, "Real Sosedad", "Milan", "Granada" va "Roma"ni mag‘lubiyatga uchratgan.
Fikrlar