
Bugun EChL nimchorak finali va Evropa ligasi 1/16 bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, 16 ta kuchli klub pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Barcha klublar mos ravishda ikkita savatchaga bo‘lib chiqildi.
Shuningdek Evropa ligasida guruh bosqichining 24 ta eng yaxshi klublari va ChLni tark etgan 8 ta jamoa nomi ham aniq bo‘ldi.
Bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da Shvetsariyaning Non shahrida ChLning nimchorak final bahslari va Evropa Ligasida 1/16 final uchrashuvlari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Qur’a Futbol-tv telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.
Fikrlar