Bugun 3 nafar bokschimiz keyingi bosqich uchun jang qiladi
Xabaringiz bor, Bahrayn davlatining Manama shahri o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
Navbatdagi kuni doirasida bugun 3 nafar bokschimiz keyingi bosqich uchun ringga ko‘tariladi.
-54 kg: Behruzjon Rohataliev - Zihan Vang (Xitoy);
-60 kg: Ibrohim Shokirjonov - Vesam Vahidi (Iordaniya);
-66 kg: Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev - Abudujieli Kadierding (Xitoy);
Birinchi dastur bahslari bizning vaqt bilan 14:00 dan boshlab start oladi, ikkinchi dastur bo‘lsa, 19:00 ga to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.



Fikrlar