Buffonga hozirgi holat yoqmayapti

  • 29 mart, 2021, 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon "Yuventus"dan ketishga yaqin turibdi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, 43 yoshli posbon hozirgi o‘yin amaliyotidan noroziligi sabab "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlamayapti.

Buffon yana bir mavsum professional faoliyatini davom ettirmoqchi, ammo uni qanoatlantiradigan takliflar bo‘lmasa faoliyatini yakunlashi ham mumkin.

Buffon joriy mavsum "Yuventus" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 5 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!