"Bu taklif men uchun syurpriz bo‘ldi" yoxud "Andijon" transfer oynasi yopilishi arafasida qanday legioner bilan shartnoma tuzdi?

  • 16 fevral, 2023, 01:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer oynasi yopilishiga oz fursat qolganida “Andijon” so‘nggi xaridini amalga oshirdi. Jamoaga albaniyalik tajribali hujumchi Rubin Xebay qo‘shildi va 2 yillik shartnoma imzolandi. Bu orqali “Andijon” legionerlar limitidan to‘liq foydalandi.

Tecno

Rubin Xebay bungacha Albaniya oliy ligasida “Teuta” klubi sharafini himoya qilgan bo‘lib, 20 ta uchrashuvda 10 ta gol urgan. Shuningdek, u Albaniya U-17, U-19 va U-21 terma jamoalarida ham faoliyat olib borgan.

rubin1

Bizning ma’lumot:

Rubin Xebay

Tug‘ilgan sanasi: 30.07.1998

Ampluasi: hujumchi

Bo‘yi: 187

Vazni: 70

To‘p surgan klublari: “Vlazniya” (Albaniya), “Domjale” (Sloveniya), “Partizani” (Albaniya), “Vorskla” (Ukraina), “Shkendiya-79” (Makedoniya), “Teuta” (Albaniya).

Rasman “Andijon” a’zosiga aylangan albaniyalik legioner yangi klubidagi o‘ziningi ilk intervyusini berdi.

- “Andijon” klubiga kelganimdan xursandman. Bu men uchun yangi chaqiruv va yangi mamlakat. Men hammasini ko‘rib chiqdim, bu boy tarixga ega jamoa ekan. Qo‘limdan kelganicha klubga foyda keltirishga harakat qilaman.

- Albaniyalik o‘yinchi sifatida ilk bor yurtimizga keldingiz va aytingchi, bungacha o‘zbek futboli haqida qanday tushunchaga ega edingiz?

- Biz kabilar yosh avlod vakillarimiz. Shuning uchun hali to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasligim mumkin, ammo O‘zbekiston milliy terma jamoasi haqida bilaman. Lekin klublari xususida unchalik bilmasdim. Balki yoshligim uchun qandaydir ma’lumotlarga ega bo‘lmagandirman. Ammo endi shu erda ekanman, barchasi haqida tasavvurga ega bo‘laman.

rubin2

- “Andijon” klubidan taklifni ilk bor eshitganingizda qanday qabul qildingiz? Siz uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldimi?

- Haqiqatda men uchun syurpriz bo‘ldi. Bu kutilmaganda yuz berdi. O‘zinglar ham aytib o‘tganlaringdek, Albaniyadan birinchi futbolchi kelishi ekan. Men eng zo‘r sifatlarimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Doim o‘zimdan ijobiy taassurot qoldirishga bor kuchimni sarflayman.

- Stadionda “Andijon” ishtirokidagi ilk nazorat o‘yinini ko‘rdingiz. Sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, birinchi marta ko‘rishim. Baribir kundan-kunga boy ma’lumotlarga ega bo‘lib boraman. Bir qator yangi o‘yinchilar bor ekan. O‘yinni ko‘rib taassurotlarim o‘zimga yarasha bo‘ldi. O‘ylaymanki, borgan sari yanada ko‘proq o‘rganib boraman.

- Rubin Xebayni kelishi andijonlik muxlislar orasida katta reaktsiya keltirib chiqarmoqda. Chunki qanday hujumchi, nimalarga qodir, qabilida qiziqish bilan qaramoqdalar. Bu erdagi maqsadingiz qanday va klub ishqibozlariga nima degan bo‘lardingiz?

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, eng zo‘r jihatlarimni, o‘yinlarimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Eshitdim, muxlislar stadionni to‘ldirishar ekan. Ular albatta stadionni to‘ldirishsin, biz albatta o‘z o‘yinlarimiz va gollarimiz bilan xursand qilishga intilamiz.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
16/02/2023 05:52
Жуда яхши бу'либди Андижонга х,ужумчи сув ва хаводек зарур эди