Bu paytda hali Levandovski ham tug‘ilmagandi...

  • 1 dekabr, 2022, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polsha terma jamoasi 36 yil ichida ilk bor jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqdi.

Tecno

Cheslav Mixnevich shogirdlari JCh-2022da uchta o‘yindan so‘ng to‘rt ochko bilan “C” guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Polsha terma jamoasi Meksika bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va Argentinaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa Polsha terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor jahon chempionatining pley-off bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Polsha 1/8 finalda Frantsiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!