Bu futbolchiga Evropada kamida Shomurodovning yo‘lini bersin, deyishmoqda!

  • 23 avgust, 2023, 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Besh nafar o‘zbekistonlik futbolchi – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Ruslan Jiyanov, Rustam Ashurmatov, Umarali Rahmonaliev hamda  Abbosbek Fayzullaev ishtirok etgayotgan Rossiya Premer-ligasining yozdagi eng katta transferi Arsen Zaxaryanning Ispaniya chempionatiga yo‘l olgani bo‘ldi.

Tecno

arsen-zaharyan-pereshyol-v-real-sosedad_16924709891669569080

20 yoshli futbolchi Moskvaning “Dinamo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Endi u La Ligada “Real Sosedad” jamoasi sharafini himoya qiladi.

San-Sebastyan shahri klubi o‘tgan mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunladi. Ispaniyaliklar iste’dodli futbolchi uchun 12 million evro to‘ladi. Shundan 3 millioni transferni amalga oshirgan agentlarga, qolgan 9 millioni “Dinamo”ga tegadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Arsenning kuchli tomonlari jamoadoshlari o‘yiniga tez moslasha olishi, chiziqlarni o‘zaro bog‘lab turish, to‘p bilan harakatlanish tezligining yuqoriligi, dribling va aniq zarba berish qobiliyatida ekak.

O‘tgan mavsum jamoaning Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishiga katta hissa qo‘shgan pleymeyker David Silva 37 yoshida jarohat tufayli faoliyatini yakunladi. San-sebastyanliklar aynan mana shu pozitsiyaga yangi o‘yinchi qidirayotgan edi. Zaxaryan mashhur futbolchining o‘rnini bosishi talab etiladi.

“Real Sosedad” Rossiya futbolida tarbiyalangan o‘yinchilar uchun omadli jamoa sifatida qabul qilinadi. O‘tgan asrning 90 yillari va yangi asr boshlarida San-Sebastyan klubida Valeriy Karpin va Dmitriy Xoxlov porlagan edi.

Bugun ispan futboli sirlarini yaxshi o‘zlashtirgan bu mutaxassislar murabbiylik sohasida ishlamoqda. Dmitriy Xoxlov Rossiya Premer-ligasining o‘rtamiyonalaridan hisoblangan “Sochi” jamoasini boshqaryapti.

Valeriy Karpin esa, ham “Rostov”da, ham Rossiya milliy terma jamoasida bosh murabbiylik vazifasini uddalab kelyapti. Shu o‘rinda, bu mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodovning Evropaga yo‘l olishida mehnati singgan mutaxassis hisoblanadi.

Eldor “Rostov”da Karpin qo‘l ostida uch yil to‘p tepganidan keyin A Seriyaga ko‘chib o‘tgan va ustozi jamoasining asosiy to‘purari ketishiga qarshilik qilmagan edi.

Rossiyaning https://www.bfm.ru sayti jurnalisti Ivan Shvets bu transfer haqida fikr bildirar ekan, Zaxaryandan oldin Evropaga yo‘l olgan futbolchilarni ham bir eslab o‘tdi.

- Basklar mamlakatida Karpin va Xoxlovni yaxshi ko‘rishadi va shu bois, Zaxaryan begona bo‘lmagan joyga yo‘l olyapti. Fikrimcha, u erda Arsen o‘zini  Aleksey Miranchuk va Aleksandr Kokorindan ancha yaxshi tomondan ko‘rsata oladi.

Zaxaryanga kamida “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tgan Eldor Shomurodovning yo‘lini berishini yoki Italiya chempioni “Napoli” etakchilaridan biriga aylangan Xvicha Kvaratsxeliya darajasiga etishini kutib qolamiz, - deb yozdi Ivan Shvets.

166242_680

Ispaniya matbuotiga ko‘ra, Zaxaryan yangi jamoadagi debyutini kelasi juma kuni Kanar orollarida nishonlashi mumkin. 25 avgustda “Real Sosedad” safar uchrashuvida “Las-Palmas” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Mashhur futbolchi: O‘g‘lim Shomurodovga muxlislik qilyapti!

Shomurodovning ustozi qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

Husanov jamoasi Chempionlar ligasi uchun ko‘p gol uradigan hujumchini olyapti

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин М.З.
22/08/2023 09:05
У хам захирада ўтирсинми