Bu faqat Ronalduga nasib qilgan

  • 14 oktabr, 2023, 20:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Evro-2024” saralash turniri doirasida Slovakiya terma jamoasi darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, portugaliyaliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi va terma jamoasini musobaqaning final bosqichiga olib chiqdi.

Tecno

Shu tariqa, 38 yoshli yulduz Evropa chempionatida final bosqichiga oltinchi marta yo‘llanma olgan yagona futbolchiga aylandi.

Endi Ronaldu “Evro-2024” final bosqichida maydonga tushishi bilan qit’e chempionatida oltinchi marta qatnashgan futbolchi sifatida yana bir tarixiy ko‘rsatkich sohibiga aylanadi.

Shuningdek, Slovakiyaga qarshi bahsdagi dubli orqali Ronaldu terma jamoadagi gollari sonini 125 taga etkazib, o‘z rekordini yangiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!