
Breaking! Rashidov Superligaga qaytmoqda
Sardor Rashidov mavsumning qolgan qismini (katta ehtimol bilan) Namanganning "Navbahor" jamoasida o‘tkazadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi "lochinlar" bilan muzokaralarning final qismida. Bugun Rashidov ertalabki mashg‘ulotlarda jamoa bilan ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, vinger qishki transferlar oynasida "Dubay Siti" safiga borib qo‘shilgan. 30 iyun kuni esa arablar bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagan va futbolchi erkin agentga aylangan edi.
Fikrlar