
Breaking! Pogba "Real" bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba "Real" Madrid bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli frantsiyalik futbolchi mavsumlar oralig‘ida “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tadi. U madridliklar safida yiliga 12 mln evro maosh oladi. Ta’kidlash kerakki, bu uning ayni damda MYuda olayotgan maoshidan 2 mln evro ko‘p deganidir.
Ma’lumot uchun, Pogba joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 90 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar