
Braziliyalik yulduz Angliyaga qaytish uchun saudiyaliklar pulidan voz kechishga tayyor
Katta umidlar bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Roberto Firmino yana Evropaga, aniqrog‘i Angliya Premer-ligasiga qaytishga tayyor.
Buning uchun braziliyalik yulduz “Al-Ahli” to‘layotgan mo‘may daromaddan voz kechadi.
Firminoning ketish harakatiga tushib qolishiga, shayxlarning kutilmagan qarori sabab bo‘lgani aytilmoqda. “Al-Ahli” tajribali o‘yinchini liga qaydnomasiga kiritmasdan, uning o‘rniga yaqinda “Portu”dan olib kelingan Galenoni ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Ushbu holat Robertoga yomon ta’sir qildi va u ayni paytda klub bilan amaldagi shartnomani bekor qilmoqchi.
Bu orada Firminoga juda zo‘r variant chiqdi. Angliya Premer-ligasi etakchilaridan hisoblangan “Arsenal” jamoada hujumchilar bilan bog‘liq vaziyat tufayli braziliyalik o‘yinchiga imkon berishni mo‘ljallayapti.
Mikel Arteta jamoasi hujumchilaridan Gabriel Jezus,Saka, Martinelli va Kay Xaverts jarohat olgan. Oldingi chiziqda boshqa amplua vakillaridan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. 32 yoshli Firmino esa bu rolga juda mos tushadi.
Fikrlar