Bravo ham MLSga yo‘l olishi mumkin

  • 3 mart, 2020, 18:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ta’kidlash kerakki yozda 36 yoshli chililik posbonning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etadi. Unga esa “Nyu-York Siti” klubidan qiziqishlar bo‘lmoqda.

O‘z navbatida “Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Bravoni qo‘yib yuborishga tayyor. Ispaniyalik mutaxassis uning o‘rniga “Fortuna”da ijarada o‘ynayotgan darvozabon Zak Steffenni ortga qaytarmoqchi.

Ma’lumot uchun, «Nyu-York Siti» ham «Manchester Siti»ga xo‘jayinlik qiluvchi City Football Group’ga tegishli hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!