
Boy berilayotgan gegemonlik yoxud Ronaldu 5-, Messi 10-o‘rinda qayd etildi
Marca an’anaviy tarzda yakunlangan yilning eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Birinchi o‘rinda "Bavariya" forvardi Robert Levandovski qayd etildi. Kuchli uchlikdan Yozua Kimmix (“Bavariya”) va Kilian Mbappe (PSJ) joy oldi.
E’tiborlisi, kuchli o‘nlikka APLdan birorta ham futbolchi kiritilmadi. A Seriyadan faqatgina bir futbolchi – Krishtianu Ronaldu kirdi.
Marca talqiniga ko‘ra, dunyoning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchilari (top-10):
1. Robert Levandovski (forvard, "Bavariya")
2. Yozua Kimmix (yarim himoyachi, "Bavariya")
3. Kilian Mbappe (forvard, PSJ)
4. Serxio Ramos (himoyachi, "Real")
5. Krishtianu Ronaldu (forvard, "Yuventus")
6. Neymar (forvard, "PSJ")
7. Karim Benzema (forvard, "Real")
8. Manuel Noyer (darvozabon, "Bavariya")
9. Erling Xoland (forvard, "Borussiya" Dortmund)
10. Lionel Messi (forvard, "Barselona")
Fikrlar