"Boshqa jamoalardan takliflar bor, Sardor Rashidov chiroyli o‘yinlari bilan yaxshi nom qoldirgan" - shartnomasi tugayotgan legionerimizni olib qolishmoqchi...mi"

  • 25 mart, 2023, 19:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Iste’dodi yarim himoyachimiz Baxtiyor Qosimov 2022 yilning yozida “Surxon”dan Qatarning “Al-Xor” klubiga ko‘chib o‘tgani yodingizda bo‘lsa kerak-a?

Tecno

Legionerimiz o‘z klubida muhim figuralardan biriga aylangan, desak mubolag‘a qilmaymiz. Tez orada Qosimovning klubi bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadi. Sports.uz jurnalisti Baxtiyor bilan bog‘landi.

- Baxtiyor, Qatar chempionatida o‘tgan yildan buyon faoliyat olib boryapsiz. Bilamizki, jamoangiz bilan asosiy maqsadingiz Qatar yulduzlar ligasiga chiqish edi. Chempionat ham yakunlanib qolyapti...

- Qatarda chempionat yakunlanishiga 4 ta tur qoldi. Hozircha jamoamiz musobaqa jadvalida 1-o‘rinda. Bizning klubda hamma nrasa yaxshi va shu jumladan muhit ham. Keyingi turda 2-o‘rinda borayotgan klubga qarshi maydonga tushamiz. O‘rtada esa 3 ochkolik farq bor. Qatar yulduzlar ligasiga chiqishimizga 4 qadam qoldi. Xudo xohlasa, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz. Mening ham “Al-Xor”dagi faoliyatim ko‘ngildagidek davom etyapti. Xudo xohlasa, oldimizga qo‘yilgan vazifani maksimal darajada bajarib yulduzlar ligasiga chiqamiz.

baxtiyor1

- Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida to‘p surayotganingizni inobatga oladigan bo‘lsak, o‘tgan vaqt mobaynida futbolchi Baxtiyor Qosimov sifatida qanchalik o‘zgardim, deya olasiz?

- Legioner sifatida to‘p surish katta mas’uliyat hisoblanadi. Men esa tabiiyki, ushbu zimmamdagi mas’uliyatni to‘liq his qilgan holda harakat qilyapman va bu holatni o‘zimda ham sezyapman. Xudoga shukr, Qatar chempionatida to‘p surib futbolchi sifatida ancha o‘sishga erishdim. O‘z kuchimga bo‘lgan ishonch yanada ortdi.

- Bilishimcha, “Al-Xor” bilan tuzilgan shartnomangiz shu yilning may oyida tugaydi. Keyingi rejangiz yana ushbu klub bilan mavjudmi yoki...

- Hozirda faqat klub bilan oldimizga qo‘yilgan vazifa haqida o‘ylayapmiz. Maqsadimizga erishganimizdan so‘ng shartnoma haqida agentim – Jahongir Usmonov bilan maslahatlashgan holda “Al-Xor” yoki boshqa takliflar borasida bir qarorga kelamiz. Ayni damda bor e’tiborimiz chempionatga qaratilgan. Biz uchun eng kuchli o‘yinlar qolgan.

- Xizmatingizga boshqa klublardan qiziqishlar bormi? Aytaylik, balki o‘zingizni yana boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchidirsiz...

- Menga Qatar chempionati yoqdi. “Al-Xor” jamoasida qolish-qolmasligim klubni yulduzlar ligasiga chiqishiga bog‘liq. Boshqa jamoalardan takliflar bor, yo‘q emas. Men bu erda o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatishga harakat qilyapman. O‘ylaymanki, yulduzlar ligasida o‘ynab maksimal darajada o‘z so‘zimni ayta olaman. Boya ta’kidlab o‘tganimdek, Qatar chempionati albatta yoqdi. Nasib qilsa, bu erda yana ko‘p yillar davomida to‘p surish niyatim bor. Rizqim qaerda yozilgan bo‘lsa, o‘sha erga boramiz.

baxtiyor2

- Klubingizdagilar sizdan boshqa o‘zbekistonlik futbolchilar xususida ham so‘rab turishadimi?

- Mendan o‘zbekistonlik futbolchilarni ko‘p so‘rashadi. Chunki bu erda Sardor Rashidov o‘zining chiroyli o‘yinlari bilan yaxshi nom qoldirgan.

- Qatardagi jahon chempionatidan keyin u erda nima o‘zgardi? Mahalliy aholining futbolga qiziqish yanada ortdimi?

- Jahon chempionatidan keyin katta o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Hamma narsa oldingi reja bo‘yicha ketyapti.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!