“Borussiya” Xolandni “bog‘lab” qo‘ymoqchi

  • 6 noyabr, 2020, 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” rahbariyati qisqa muddat ichida jamoaning haqiqiy etakchisiga aylangan Erling Xolandni uzoq muddat o‘z safida olib qolish yo‘lini qidirmoqda.

Tecno

Yaqinda ommaviy axborot vositalari Xolandning shartnomasida uni yozda 68 million funtga sotib olish mumkinligi to‘g‘risida maxsus band borligini oshkor qilgandi. Biroq, dortmundliklar rahbariyati buni inkor qildi.

-  Biz bu futbolchimizni jamoada qolib, kelaajk rejalarimizni amalga oshirilishida yordam berishga ko‘ndirishni istaymiz. Erling bizga kerak, bunga futbolchining o‘zi va agentini ishontirishimiz shart. U o‘tgan yili safimizga qo‘shilib to‘g‘ri qaror qabul qilgandi. Endi qisqa fursatda ketib qolishi xato bo‘ladi, - dedi “Borussiya” bosh direktori Xans-Yoxan Vattske.

Avvalroq, dortmundliklar etakchilari – Erling Xoland va Jeydon Sancho yozda jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!