"Bolonya" bilan A Seriyani yondirayotgan murabbiy uchun "Yuventus" va "Milan" kurash olib boradi

CHERY AUTO

"Bolonya" klubi bosh murabbiyi Tyago Motta yangi mavsumni boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiyaning "TuttoSport" nashri xabar berdi. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, sobiq futbolchiga "Yuventus" va "Milan" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Turinliklar u bilan kelishuvga erishishga yaqin turgandi, ammo "rossonerilar" safida Zlatan Ibragimovichning shaxsan o‘zi bu ishga kirishdi. Manbaning xabariga ko‘ra, shvetsiyalik afsona sobiq jamoadoshini Milan shahriga ko‘chib o‘tishga ishontirib ko‘rmoqchi. 

Ayni paytda Motta boshchiligidagi "Bolonya" A Seriyada 63 ochko bilan 4-o‘rinni band etib turibdi va evrokuboklar masalasini ham ijobiy hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!