Bo‘ldi, Manchesterdan ketaman!
“Manchester Yunayted”ga kelganidan beri jamoa asosiy tarkibidan muqim joy ololmayotgan niderlandiyalik hujumchi Joshua Zirkzee qishki transferlar davrida klubni tark etishga qaror qildi.
Mail Sport nashrining yozishicha, 24 yoshli futbolchi bosh murabbiy Ruben Amorim unga etarli darajada imkoniyat bermayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan va eng to‘g‘ri echim sifatida boshqa jamoaga o‘tish variantini ko‘rmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Zirkzeega “Milan”, “Yuventus”, “Everton” va “Vest Xem” singari jamoalar muntaxam o‘yin amaliyoti berishga tayyor. Da’vogar jamoalar safi yana kengayishi mumkinligi aytilyapti.
“Manchester Yunayted” Joshuani 2024 yilning yozida “Bolonya”dan 42,5 million evroga xarid qilgandi. Biroq ilgari Niderlandiya, Germaniya, Belgiya va Italiyada to‘p tepgan Zirkzee Angliya futboliga to‘liq moslasha olmadi.



Fikrlar