
Bokschilarimiz iyun so‘ngida Qozog‘istondagi xalqaro yig‘inda ishtirok etishadi
Nufuzli axborot agentligi rasmiy saytining ma’lumot berishicha, ushbu yig‘in joriy yilning 22 iyunidan 5 iyuligacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. O‘quv mashg‘ulot yig‘inining asosiy maqsadi pandemiya sabab to‘xtab qolgan tayyorgarlik ishlarini izchil davom ettirish hisoblanadi.
Ushbu yig‘inda vakillarimizdan tashqari Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Kuba va Frantsiya vakillari ishtirok etishadi. Delegatsiyalarni koronavirusga qarshi yakuniy testlardan 17 iyunda o‘tishlari belgilangan.
Fikrlar