
Boks. Yana bir hamyurtimiz jahon chempioniga aylandi!
Hozirgina Ispaniya mezbonligida o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Baxtiyor Asadov meksikalik Ezekel Kabreraga qarshi final jangini yakunladi.
Qizg‘in kechgan raqobatda hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Baxtiyor Asadov - jahon chempioni!
Fikrlar