
Boks. V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning navbatdagi kun janglari yakuniga etdi (barcha natijalar)
Andijonda V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Bugun, 3-kun bahslari nihoyasiga etdi.
Quyida barcha natijalar bilan tanishishingiz mumkin. G‘alaba qozongan bokschilar qoraytirilgan tarzda berib borilgan.
Kunduzgi dastur:
-57 kg: Abdumalik Halakov (Toshkent) - Ayubxon Baxtiyorov (Andijon)
Zo‘r jang, Ayubxon Baxtiyorov mahoratli raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo Halakovning tajribasi qo‘l keldi.
-57 kg: Akiitay Rabatov (Qozog‘iston) - Jandos Nesipjan (Qozog‘iston)
Mazkur jangda Rabatovning qo‘li baland keldi.
-57 kg: Dilshod Abduvaliev (Toshkent viloyati) - Mirzabek Mirzahalilov (Farg‘ona)
Mirzabek Mirzahalilov 54 kgda amaldagi O‘zbekiston chempioni Dilshod Abduvalievga qarshi ringga ko‘tarildi. 2-raund o‘tayotgan bir pallada Abduvaliev jarohat oldi va g‘alaba Mirzabekka berildi.
-57 kg: Nuriddin Kimsanboev (Andijon) - Samandar Xolmurodov (Jizzax)
Qiziqarli jang! Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Samandar Xolmurodov omadli chiqdi.
-60 kg: Shunqor Abdurasulov (Toshkent viloyati) - Sirojbek Ismoilov (Andijon)
Dahshatli jang! Eslab qoling, kelajak yulduzi, Siroj Ismoilov! U tajribali Shunqor Abdurasulovni mag‘lubiyatga uchratdi. Qolaversa, 3-raundda nokdaunga ham uchratdi.
-60 kg: Fayozbek Hakimov (Andijon) - Erasil Tankay (Qozog‘iston)
Erasil Tankay teng kurashlar ostida kechgan jangda g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz o‘z yurishini to‘xtatdi.
-60 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo) - Shamshirbek Mirzabekov (Andijon)
Taktik kurash ostida kechgan bahsda Dilshod Abdumurodovdan aqlli jang va u yarim finalda!
-60 kg: Shamsiddin Kimsanov (Andijon) - Adham Muhitdinov (Toshkent viloyati)
Yaxshi saviyadagi jang, Muxitdinov qiyin kechgan bahsda g‘alabaga erishdi.
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (Andijon) - Ertugan Zeynulinov (Qozog‘iston)
Qiyin kechgan jangda Mujibullo Tursunov harakter ko‘rsata oldi va xakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.
-63,5 kg: Suxrob Abdullaev (Yoshlar terma jamoasi) - Jahonmurod Imomaliev (Andijon).
Jahonmurod Imomaliev qizg‘in va shiddatli kechgan jangda g‘alaba qozondi.
Kechki dastur:
-63,5 kg: Shohruxbek Kenjaev (Andijon) - Aydos Tagaybaev (Toshkent viloyati)
Aydos Tagayboev super jangda g‘alaba qozondi.
-63,5 kg: Asadbek Abdiraimov (Navoiy) - Ruslan Abdullaev (Toshkent viloyati)
Osiyo va O‘zbekiston chempioni Ruslan Abdullaev raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi.
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev (Andijon) - Miras Ertanov (Qozog‘iston)
Javlon Yo‘ldoshev faoliyatidagi yorqin janglardan birini o‘tkazdi va xaqli tarzda g‘alaba qozondi.
-67 kg: Jahongir Egamberdiev (Yoshlar terma jamoasi) - Bilolbek Ixvolov (Andijon)
Bilolbek Ixvolov murosasiz kechgan jangda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
-67 kg: Bekzod Hamidov (Buxoro) - Asilbek Muhammadjonov (Andijon)
Iste’dodlar to‘qnashuvida Buxoro viloyati vakilining qo‘li baland keldi.
-67 kg: Mirzahmat Mirzabekov (Andijon) - Jahongir Rahmonov (Toshkent viloyati)
Teng va murosasiz kurashlarga boy kechgan jangda Toshkent viloyati sharafini himoya qilayotgan Jahongir g‘olib deb topildi. Mirzabekov garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da ajoyib jang o‘tkazdi.
-71 kg: Iqboljon Xoldarov (Andijon) - Sherzod Qodirbaev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Iqboljon Xoldorovning havaskor boksga moslashishi biroz qiyinroq kechmoqda. Shunday bo‘lsa-da, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
-71 kg: Havasbek Abdullaev (Andijon) - Kamron Turg‘unboev (Farg‘ona)
Kamron jarohat olganligi bois jangni davom ettira olmadi va g‘alaba Havasbekka yozildi.
-71 kg: Otabek Turdixo‘jaev (Andijon) - Muxsinbek Korabaev (Andijon)
Ikki andijonlik bokschining qarama-qarshiligida Muxsinbek Qoraboev g‘alaba qozondi.
-71 kg: Sherjahon Mirzabekov (Andijon) - Suxrob Qayumov (Buxoro)
Ooo super jang! Shiddatli kechgan qarama-qarshilikda Sherjahon Mirzabekov aniqroq harakat qildi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov (Buxoro) - Jamshidbek Tojiboev (Andijon)
Saidjamshid Ja’farovdan o‘ziga xos master-klass! U g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
-75 kg: To‘rabek Habibullaev (Yoshlar terma jamoasi) - Login Petrov (Navoiy)
To‘rabek Habibullaev jangni davom ettira olmaganligi sababli g‘alaba Login Petrovga yozildi.
-75 kg: A’loxon Abdullaev (Namangan) - Sadimboy Nasriddinov (Andijon)
Har qanday chempionat bezagiga ayblanuvchi jangda A’loxon Abdullaev g‘alaba qozondi.
-75 kg: Abdumalik Boltaev (Tojikiston) - Abdulaziz Abdupattaev (Andijon)
Abdulaziz Abdupattaev qiziqarli kechgan jangda zafar quchdi.
Shu bilan xotira turnirining bugungi kun bahslari nihoyasiga etdi.
Fikrlar