Boks. Osiyo chempionatidagi oltin medallarimizdan biri olib qo‘yildi

  • 13 dekabr, 2024, 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining oltin medallaridan biri raqibga olib berildi.

Tecno

Aniqrog‘i, 71 kg vaznda ishtirok etgan Havasbek Asadullaev finalda qozog‘istonlik Abilayxan Jussupovning elkasidan tishlab olgan. Bahs yakunida hakamlar g‘alabani Asadullaevga berishgan. Biroq keyin qozog‘istonliklar IBA ga shikoyat xati yozishgan. Vaziyatni o‘rgangan tashkilotchilar Havasbekni diskvalifikatsiya qildi. Unga berilgan oltin medal va mukofot pullari ham bekor qilindi. Abilayxan Jussupov esa oltin medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining chempionatdagi  medallar soni 7ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medali bilan qoldi. Qozog‘iston esa 5ta oltin, 5ta kumush, 1ta bronza medaliga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/12/2024 16:33
шарманда килибди! бундайларни умрбод четлатиш керак
Кадыров Фердаус
13/12/2024 16:08
Ух, Хавасбек! Узини М. Тайсон деб тасофур килди.