
Boks: Murodjon Ahmadalievning raqibi bugun Toshkentga keladi
Xabaringiz bor, 3 aprel kuni poytaxtimizda katta boks oqshomi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz yaponiyalik Ryosuke Ivasadan o‘zining WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Bugun Ryosuke Ivasa ushbu jangda ishtirok etish uchun soat 19:00da Toshkentga keladi.
Boks federatsiyasi ushbu tadbirni yoritish istagida bo‘lgan OAV vakillarini, shuningdek boks muxlislarini soat 19:00da Toshkent xalqaro aeroportiga taklif qiladi.
Fikrlar